Главная Suv xo'jaligini boshqarish va uning Iqtisodiyoti
Регистрация

Вход

Приветствую Вас Mexmon | RSSChorshanba, 24.04.2024, 13:54
Menyu

Yangiliklar bo'limi
Xorij xabarlari [0]
Respublika xabarlari [39]
Sport xabarlari [5]

Ko'rishamizmi?


Bizning so'ro'v
Bizning yangi dizayn sizga yoqtimi?
Всего ответов: 708

Fakultetimiz tarixi



Dekan Zafar S. Abdullayev

Fakultetning birinchi dekani dotsent Laxovskaya Venera Leonidovna
bo’lgan. 1977 yildan boshlab fakultet dekani vazifasini professor
Хodjayev Sagdulla Madaminovich bajardi. Fakultet tashkil qilingan
davrdan boshlab uning tarkibida «Suv xo’jaligi iqtisodi va uni tashkil
etish» kafedrasi (mudiri dos. Valijonov A.M.) hamda «Qishloq xo’jalik
iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri prof. Хodjayev S.M.)
faoliyat ko’rsatgan.


Keyinchalik 1978 yilda
fakultet tarkibida uchinchi kafedra «Qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishini boshqarish» kafedrasi (mudiri dos. Тursunov R.Т.) tashkil
etildi. 1985 yildan 1987 yilgacha fakultet dekani lavozimida prof.
Хodjayev Boxodir Asatullayevich ishladi. Хozirgi paytda fakultetni
dotsent Abdullayev Zafar Sayfutdinovich boshqarib kelmoqda.


Fakultetning
umumiy ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi: «Sug’orma dehqonchilikda suvdan
va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish» muammolarini yechishga
bag’ishlangan. Bu mavzu tarkibida «Suv xo’jalik qurilishini
samaradorligini oshirish, o’quv tajriba xo’jaligida yerdan, suvdan
foydalanishni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqilgan. 1974-2004 yillar
ichida fakultetda 3ta doktorlik, 16ta nomzodlik dissertatsiyalari
yoqlandi, 8ta olimlar dotsentlik, 5ta professorlik ilmiy unvonlariga
sazovor bo’lishdi. Fakultet Respublika «ta’lim yo’nalishlari
klassifikatori»ga kiritilgan 2ta bakalavriant yo’nalishlari –
«Iqtisodiyot» (suv xo’jaligida), «Menejment» (suv xo’jaligida),
«Marketing» (suv xo’jaligida), «Buxgalteriya hisobi va audit»
yo’nalishlari bo’yicha fakultetning yetuk olimlari ishtirokida davlat
ta’lim standartlari, na’munaviy va ishchi o’quv rejalari, fanlarning
dasturlari ishlab chiqilib, o’quv jarayoniga tadbiq qilindi. Davlat
tilida hamda rus tillarida o’quv qo’llanmalari, uslubiy qo’llanmalar va
ma’ruzalar matnlari tayyorlanib chop etildi.


Shu
munosabat bilan fakultetimizda «Suv xo’jaligi iqtisodi», «Buxgalteriya
hisobi va audit» yo’nalishlari bo’yicha magistrlar tayyorlashga
kirishildi. Fakultet professor-o’qituvchilari 1991-2004 yillarda 3ta
darslik, 8ta o’quv qo’llanmalari, 6ta monografiya, 25ta uslubiy
qo’llanma, 55ta uslubiy ko’rsatma va 100tadan ortiq ilmiy maqolalar
chop etdilar. Shu davr ichida fakultet olimlari Bonn universitetining
«ZEF» ilmiy-tadqiqot markazining Orol dengizi havzasida «Suvdan
foydalanish samarodorligini oshirish», Vashington universiteti
«Ekologik ekonomika» IKARDAning fermer xo’jaliklarida suvdan
foydalanish usullarini takomillashtirish loyihalari bo’yicha
grantlarini yutgan. Hozirgi kungacha fakultet olimlaridan 2tasi
professorlik, 10tasi dotsentlik unvonlarga erishgan. 12ta fan nomzodi
ilmiy darajasini oldilar, 1ta xizmat ko’rsatgan professor, 2ta xizmat
ko’rsatgan katta o’qituvchi faxriy unvonlariga ega bo’ldilar.




Kirish

Taqvim
«  Aprel 2024  »
DushSeshChorPayJumaShaYak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Izla

Sababi?


Statistika

Online da 1
Mexmonlar 1
Ishtirokchilar 0

Otabek © 2024Хостинг от uCoz