Juma, 29.03.2024, 17:02
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Fakultetning birinchi dekani dotsent Laxovskaya Venera Leonidovna bo’lgan. 1977 yildan boshlab fakultet dekani vazifasini professor Хodjayev Sagdulla Madaminovich bajardi. Fakultet tashkil qilingan davrdan boshlab uning tarkibida «Suv xo’jaligi iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri dos. Valijonov A.M.) hamda «Qishloq xo’jalik iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri prof. Хodjayev S.M.) faoliyat ko’rsatgan. 


Keyinchalik 1978 yilda fakultet tarkibida uchinchi kafedra «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini boshqarish» kafedrasi (mudiri dos. Тursunov R.Т.) tashkil etildi. 1985 yildan 1987 yilgacha fakultet dekani lavozimida prof. Хodjayev Boxodir Asatullayevich ishladi. Хozirgi paytda fakultetni dotsent Abdullayev Zafar Sayfutdinovich boshqarib kelmoqda. 

Fakultetning umumiy ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi: «Sug’orma dehqonchilikda suvdan va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish» muammolarini yechishga bag’ishlangan. Bu mavzu tarkibida «Suv xo’jalik qurilishini samaradorligini oshirish, o’quv tajriba xo’jaligida yerdan, suvdan foydalanishni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqilgan. 1974-2004 yillar ichida fakultetda 3ta doktorlik, 16ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, 8ta olimlar dotsentlik, 5ta professorlik ilmiy unvonlariga sazovor bo’lishdi. Fakultet Respublika «ta’lim yo’nalishlari klassifikatori»ga kiritilgan 2ta bakalavriant yo’nalishlari – «Iqtisodiyot» (soxalar bo`yicha), «Menejment» (soxalar bo`yicha), «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlari bo’yicha fakultetning yetuk olimlari ishtirokida davlat ta’lim standartlari, na’munaviy va ishchi o’quv rejalari, fanlarning dasturlari ishlab chiqilib, o’quv jarayoniga tadbiq qilindi. Davlat tilida hamda rus tillarida o’quv qo’llanmalari, uslubiy qo’llanmalar va ma’ruzalar matnlari tayyorlanib chop etildi. 

Shu munosabat bilan fakultetimizda «Suv xo’jaligi iqtisodi», «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlari bo’yicha magistrlar tayyorlashga kirishildi. Fakultet professor-o’qituvchilari 1991-2004 yillarda 3ta darslik, 8ta o’quv qo’llanmalari, 6ta monografiya, 25ta uslubiy qo’llanma, 55ta uslubiy ko’rsatma va 100tadan ortiq ilmiy maqolalar chop etdilar. Shu davr ichida fakultet olimlari Bonn universitetining «ZEF» ilmiy-tadqiqot markazining Orol dengizi havzasida «Suvdan foydalanish samarodorligini oshirish», Vashington universiteti «Ekologik ekonomika» IKARDAning fermer xo’jaliklarida suvdan foydalanish usullarini takomillashtirish loyihalari bo’yicha grantlarini yutgan. Hozirgi kungacha fakultet olimlaridan 2tasi professorlik, 10tasi dotsentlik unvonlarga erishgan. 12ta fan nomzodi ilmiy darajasini oldilar, 1ta xizmat ko’rsatgan professor, 2ta xizmat ko’rsatgan katta o’qituvchi faxriy unvonlariga ega bo’ldilar.

*Suv xo`jaligini boshqarish 
*Suv xo`jaligi iqtisodi
*Buxgalteriya xisobi va audit 
*Iqtisodiy nazariya asoslari                                                                                                                                                            

Otabek © 2024Хостинг от uCoz