Seshanba, 23.04.2024, 23:26
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » Файлы » Referatlar

Menejer xususiyatlari
[ ] 19.08.2008, 02:10

Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.

Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:

·     rahbar - boshqaruvchi;

·     rahbar - diplomat;

·     rahbar - murabbiy, tarbiyachi;

·     rahbar - inson;

·     rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.

Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo’tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:

·     boshqaruv uslubi;

·     ish uslubi;

·     rahbarning ish uslubi.

         Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuasidir.

         Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuasidir. Masalan:

·     mamlakat  boshqaruv organlarining ish uslubi;

·     vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi;

·     sud, prokuraturalarning ish uslubi;

·     korxona, tsexlarning ish uslubi;

·     ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuo’tai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.

 


 


          


 

Категория: Referatlar | Добавил: Otabek
Просмотров: 3624 | Загрузок: 6 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 hacker7738  
0
Hech qanday faylni skachat qibumayapti. server otkaz qilayapti manimcha

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz