Payshanba, 28.03.2024, 17:35
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 3 » Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
23:08

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Avvalambor, siz, azizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xalqini barchamiz uchun haqiqatan ham eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz bo‘lmish Vatanimiz Mustaqilligining 16 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklash va o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Fursatdan foydalanib, mana shu go‘zal va muhtasham maydonda bugungi tantanamizda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari vakillari, uzoq-yaqindan kelgan qadrli mehmonlarimizni, bu bayramni biz bilan birga nishonlayotgan barcha do‘st va birodarlarimizni butun xalqimiz nomidan qutlab, samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Aziz do‘stlar!

O‘n olti yil tarix mezonlari bilan o‘lchaganda g‘oyat qisqa bir muddat ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Biroq biz uchun tom ma’noda yangilanish va yuksalish bosqichi bo‘lgan bu davrni oylar va yillar bilan emas, balki amalga oshirgan islohotlarimiz samarasi, bunyodkorlik ishlarimiz salmog‘i, qo‘lga kiritgan yuksak marralar bilan o‘lchaydigan bo‘lsak, hech shubhasiz, bu yillarning har biri chindan ham o‘n, kerak bo‘lsa, yuz yillarga teng bo‘lishi muqarrar.

Mana shu shiddatli va keskin davrda biz bosib o‘tgan yo‘l, uning ulkan samaralari, sinov va mashaqqatlari haqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin bir fikrni to‘la ishonch bilan aytish lozimki, shu yillar davomida yurtimizda demokratik davlat qurish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, xalqaro maydonda munosib obro‘-e’tibor topish uchun amalga oshirgan ishlarimiz, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizni ozod va obod qilish yo‘lida erishgan marralarimizni hech kim inkor eta olmaydi.

Bugun mana shunday shukuhli damlarda bu yutuqlarning ijodkori bo‘lgan zahmatkash dehqon va fermerlar, ishchi va xizmatchilarimiz, ishbilarmon va tadbirkorlar, jasur harbiylarimiz, olimu ziyolilar, madaniyat va san’at ahli, fidoyi muallim va o‘qituvchilar, jonkuyar shifokorlarning beqiyos xizmatlarini e’tirof etib, barchangiz oldida, butun xalqimiz oldida bosh egib ta’zim qilaman.

Hurmatli yurtdoshlar!

Shak-shubhasiz, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan salmoqli yutuqlar barchamizniki va ularni hech kim bizdan tortib ololmaydi.

Ayni paytda bugun oldimizda turgan muhim va dolzarb vazifalar o‘tgan davr mobaynida barpo etilgan salohiyatdan oqilona foydalanib, bor kuch-qudratimiz, imkoniyat va harakatlarimizni ertangi istiqbolimiz, ezgu orzu-niyatlarimizni amalga oshirish uchun safarbar etishni talab qiladi.

Bu haqda gapirganda avvalambor quyidagilarga e’tibor berish kerak, deb o‘ylayman.

Birinchidan, erishgan yutuq va natijalarimizga tanqidiy baho berib, ularga mahliyo bo‘lmasdan, o‘z oldimizga yuksak marralar, uzoq va davomli ezgu maqsadlarni qo‘yib yashashimiz, birinchi navbatda xalqimizning turmush darajasi va farovonligini oshirish doimo e’tiborimiz markazida turishi zarur.

Buning uchun iqtisodiyotimizning tez va barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yaqin uch yil mobaynida ishchi-xizmatchilarning maoshlarini, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini 2-2,5 barobar ko‘tarish bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi shart.

Ikkinchidan, siyosiy va iqtisodiy hayotimizni yanada liberallashtirish, siyosiy partiyalar, ijtimoiy va fuqarolik tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlarning qonuniy vakolatlarini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish bo‘yicha keyingi yillarda qabul qilingan huquqiy normalarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.

Uchinchidan , hozirgi murakkab va tahlikali zamonning o‘zi insoniyat hayotiga tahdid solayotgan turli balo-qazolar mavjud ekanini hech qachon unutmaslikni, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni mustahkamlash, sezgirlik, hushyorlik va ogohlikni yo‘qotmasdan, har qanday xavf-xatarga qarshi munosib javob bera oladigan kuch-qudratimizni oshirish, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida doimo harakatda bo‘lishimizni talab qiladi.

To‘rtinchidan, ezgu maqsad va rejalarimizni ro‘yobga chiqarishda bizning ishonchimiz va tayanchimiz bo‘lmish yoshlarimizga yanada keng yo‘l ochib berish, farzandlarimizni zamonaviy bilim va tajribaga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ma’naviy yuksak komil insonlar etib tarbiyalash, ularning jamiyatimizda mustahkam va munosib joy olishi yo‘lida zarur shart-sharoitlarni yaratib berish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman.

Beshinchidan, yurtimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida totuvlikni, fuqarolararo ahillikni ko‘z qorachig‘iday asrash, yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan hamkorlik va hamjihatlikda yashash, jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik muhitini yanada kuchaytirish har birimizning muhim vazifamiz bo‘lib qolishi darkor.

Bugungi kunda el-yurtimizning ana shunday azaliy fazilatlari, yordam va ko‘makka muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirayotgan olijanob va savobli ishlarimiz “Ijtimoiy himoya yili” bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturida o‘zining yaqqol amaliy ifodasini topayotgani barchamizni quvontiradi.

Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!

Bugun mana shu yuksak minbardan turib, ko‘nglimdagi yana bir gapni alohida ta’kidlab aytishni zarur, deb bilaman.

Bugun 16 yil davomida bosib o‘tgan yo‘limizni va erishgan marralarimizni baholar ekanmiz, Vatanimiz, yurtimizni ulug‘lash, yuksak muddaolarimizga yetish, hech kimdan kam bo‘lmagan hayot barpo etish maqsadida amalga oshirgan katta-katta ishlarimizdan, ter to‘kib qilgan mehnatimizdan har qancha faxrlanib, ana shu yutuqlarga men ham munosib hissa qo‘shdim, deb boshimizni baland ko‘tarib, g‘urur va iftixor bilan yashashga to‘la haqqimiz bor, desam, o‘ylaymanki, bu fikrimga barchangiz qo‘shilasiz.

Mana shu munavvar oqshomda sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan yana bir bor tabriklar ekanman, hammangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Vatanimizni, xalqimizni, barchamizni Yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin!

El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Просмотров: 1400 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Richard  
0
The subsequent time I read a blog, I hope that it dseont disappoint me as a lot as this one. I imply, I know it was my choice to read, but I actually thought youd have something attention-grabbing to say. All I hear is a bunch of whining about one thing that you might repair if you werent too busy looking for attention.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz