Payshanba, 18.04.2024, 22:23
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 12 » Islom Karimovning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” nomli kitobi chop etildi
Islom Karimovning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” nomli kitobi chop etildi
04:57

“O‘zbekiston” nashriyoti Prezident Islom Karimovning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” nomli kitobini chop etdi. Kitobdan davlatimiz rahbarining shu yil 30 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining mamlakatimiz Istiqlolining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi o‘rin olgan.

Ushbu ma’ruzada mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, xalqimizning fidokorona mehnati bilan erishilgan katta yutuq va natijalar, ularning mohiyati va ahamiyati, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan muhim va dolzarb vazifalar haqida har tomonlama chuqur va atroflicha fikr yuritilib, O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li har biri tariximizda o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘rin tutadigan alohida ikki davrga ajratib, tahlil etilgan.

Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan, tom ma’nodagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘lgani alohida ta’kidlanadi. Kitobda bu davrning butun murakkabligi va ziddiyatlari, yangi jamiyat asoslarini shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati keng va batafsil ochib beriladi.

Shu bilan birga, mustaqil taraqqiyotimizning 2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichi – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘lgani ham kitobda o‘zining chuqur isbotini topgan.

Prezidentimiz o‘z kitobida bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalar ekan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash, o‘z xalqining tinchligi va farovonligini ta’minlashga intilayotgan boshqa davlatlar qatori hozirgi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan murakkab davr o‘rtaga qo‘yayotgan talab va savollarga to‘liq javob beradigan, aniq va ravshan, har tomonlama puxta o‘ylangan strategiya va harakat dasturiga ega bo‘lishi zarurligiga alohida e’tibor qaratadi.

“Faqat ana shunday siyosatgina o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli maqsad- muddaolarimiz – O‘zbekistonimizning dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olishiga erishish borasida zarur shart-sharoit va mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz.

Mazkur kitobda bayon etilgan teran fikr va xulosalar barcha yurtdoshlarimizni 16 yillik taraqqiyot yo‘limizga yana bir bor nazar tashlashga da’vat etadi. Ona yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati va tilidan, qayerda, qanday vazifada ishlashidan qat’i nazar istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizdan ko‘ngli tog‘day ko‘tarilishi, shu ishlarda mening ham munosib hissam bor, deb quvonib, faxr-iftixor bilan yashashi tabiiy, albatta.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1858 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 1
1 Lanang  
0
Ali Bayram diyor ki:Ali Bey;Sorum sizin ilgi alanınıza giriyor ve gf6rfcşlerinizi yazılı orlaak ve emsal kararlar sunarak veriyorsanız fccretli orlaak danışmanlık hizmeti alacağım:Sağlık bakanlığında e7alışmakta iken bir f6zel hastane ile anlaştım. Emekli olup hastanelerinde e7alışmam şartıyla karşılıklı protokol yaptım. Bakanlıktan emeklilik talebinde bulundum. Hem ie7 hastalıkları hem de kardiyoloji uzmanı olduğumdan bakanlık f6zelde gf6reve başlamama izin vermedi. Bu kararı bakanlık, ben emeklilik dileke7emi verdiklten sonra almış. Bu durum karşısında Sağlık Bakanlığına dileke7e vererek , f6zel hastanede e7alışmama izin verilmediğinden emeklilik talebimden vazgee7tiğimi bildirdim.Daha sonra 4 ay hastanede e7alıştım. Maaş ve df6ner sermaye aldım. Asistan jfcrierinde gf6rev aldım. 4ay sora bana bakanlıktan yazı gf6nderildi. İkinci dileke7enizi dikkate almadık, sizi emekli ediyoruz dediler ve ettiler. Ben emeklilik yazım ilk dileke7edeki talebimden vazgee7tiğimi, ilk dileke7eme ilişkin bana tebligat yapılmadığını, emeklilik talebimden vazgee7meme rağmen zorla emekli edilmemi kabul etmediğimi ve yasal hakkımı yargı yoluyla aracağımı şerh ederek tebellfcğ ettim.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz