Payshanba, 25.04.2024, 13:06
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 4 » Davlat hokimiyati organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda matbuot xizmatlarining o‘rni
Davlat hokimiyati organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda matbuot xizmatlarining o‘rni
06:11

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi o‘tkazgan seminar davlat hokimiyati organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda matbuot xizmatlarining o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlandi. Uni mazkur qo‘mita raisi X.Do‘stmuhamedov boshqardi.

Seminarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Anjumanda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish hamda hayotimizning barcha jabhalarini liberallashtirishda, axborot ochiqligi va erkinligi sharoitida matbuot xizmatlari tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatini ommalashtirish, uning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish masalalari, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritildi.

Jamoatchilikni axborot bilan ta’minlashning huquqiy asoslari, parlament matbuot xizmati, Qonunchilik palatasining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, ijroiya hokimiyat tizimida matbuot xizmati kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1326 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Julie  
0
Dogrudur.Dilimizi f6z adi ile4 adlandirmaliyiq.Yer adi ile4 dil adi olmaz.Dil mille0tin adi ile4 aandlar.nece4 ki,mille4timizin adi aze4rbaycanli olaraq te4hrif olunub,dilimizin de4 adi te4hrif olunub.mille4t olaraq aze4ri, aze4ri tfcrkfcyfck, dilimiz ise4 tfcrkce4dir,yaxud daha de4qiq aze4ri tfcrkce4sidir.Bunu bele4 bilme4k,bele4 de4 te4blig etme4k lazimdir.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz