Shanba, 23.02.2019, 17:59
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 28 » "Internet plaza" – axborot texnologiyalarida O‘zbekiston-Koreya hamkorligining yangi samarasi
"Internet plaza" – axborot texnologiyalarida O‘zbekiston-Koreya hamkorligining yangi samarasi
01:19

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Axborot va aloqa vaziri YU Yong Xvan rahbarligidagi delegatsiya a’zolari 25 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori Abdulla Oripov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha jabhalarda, jumladan, aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Koreya delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida aloqa va axborotlashtirish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, shaharlar va tumanlar markazlaridagi aloqa tarmoqlarini zamonaviylashtirish, aholi, korxona va tashkilotlarga yuqori sifatli telefon aloqasi va ma’lumot uzatish xizmatlari ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.

Uchrashuvda aloqa va axborotlashtirish, jumladan, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va murakkab axborot tizimlarini keng joriy etish, yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratish hamda sohada yuksak salohiyatga ega kadrlar tayyorlash borasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Internet Plaza” O‘zbekiston-Koreya axborot texnologiyalari markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markaz eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan sinfxona, internet va konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda yuqori tezlikdagi internetdan universitet talabalari bilan bir qatorda boshqalar ham ilmiy maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Istiqlol yillarida O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahbarligida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aloqa tarmoqlarini raqamlashtirish va ularning o‘tkazuvchanligini oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni kompyuterlashtirish, malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2002 yili mamlakatimizda internetdan 136 ming kishi foydalangan bo‘lsa, joriy yil boshida bu ko‘rsatkich salkam 2 millionga yetdi. “.UZ” domen zonasidagi veb-sahifalar soni o‘n karra ko‘payib, 4,5 mingdan ortdi. Telefon tarmoqlari raqamlashtirildi, uyali aloqa xizmati kengayib bormoqda. Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona va soliq imtiyozlari joriy etildi.

- “Internet Plaza” markazining ochilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning amaliy natijalaridan biridir, – dedi YU Yong Xvan. – Har gal kelganimda mamlakatingizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanib borayotganiga ishonch hosil qilaman. O‘zaro maslahatlashish, texnologik yordam ko‘rsatish, tajriba almashish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangiliklar xususida fikr almashish ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.
 
Просмотров: 1015 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2019Хостинг от uCoz