Seshanba, 19.03.2024, 11:10
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
www.Pooisk.com


Hurmatli
do’stlar!!!

Abdulla Avloniyning «Тarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir», - degan fikri jamiyatimizda ko’p mushohada
qilinadi.              
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. Shuning uchun ham ustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilish
borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Markaziy Osiyoda suv xo’jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab beruvchi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga ma’lum hissa qo’shayotgan yagona oliy o’quv yurtidir.

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 mart 150-sonli «Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to’g’risida»gi hamda 2004 yil 415-sonli «Respublika qishloq va suv xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlari institutimiz tarixining yangi varog’ini ochib berdi desak xato qilmaymiz. Bu qarorlar institutimizning kelajagi, uning aniq maqsad va vazifalarini aniqlab berdi. Karorda «...O’zbekistonning geografik jihatdan joylashishi, uning tabiiy-iqtisodiy xususiyatlari, yerlar unumdorligining holati g’oyat muhimdir.

Suv resurslari bilan ta’minlash, ulardan oqilona va samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bizning sharoitimiz uchun eng muhim, hal qiluvchi omillar hisoblanadi» deb ko’rsatilgan. Demak institutimizning oldiga qo’yilayotgan vazifa – yuqoridagi vazifalarni uddalay oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir.

Umuman shu kungacha 52 mingdan ziyod yuqori malakali qishloq va suv xo’jaligi mutaxassislarini tayyorladi. Ko’plari bugungi kunda respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Тa’kidlab o’tish joizki, 38 xorijiy davlatdan 3000 nafar talaba institutimizni muvaffaqiyatli tugatib, o’zlarining vatanlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Shuningdek Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarorlaridan kelib chiqqan holda, olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ustuvor yo’nalishlari etib suv resurslari sifatini yaxshilash, ulardan foydalanishning me’yorlarini ishlab chiqish, sug’orishning ilg’or uslublarini tadbiq etish, ularni samaralilarini tanlash, gidrotexnika inshootlarining mustahkamligini va
xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar belgilangan.

So’nggi yillarda, ayniqsa mustaqillikka erishganimizdan keyin, institutimiz bilan xorijiy davlatlar o’rtasidagi aloqalar yanada kengaydi. Hozirgi kunda AKSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Ispaniya, Isroil, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Chexiya, Rossiya, Ukraina, Хitoy va boshqa rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan Hamjihatlik haqida memorandum va shartnomalar imzolanib, ilmiy va amaliy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Institutimizning BASIS, NZODA, TACIS, TEMPUS, INTAS, ZEF, UNESCO, USAID kabi xorijiy dasturlari va loyihalari bilan hamkorligi, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashuvidan dalolat bermoqda.

Institut jamoasining asosiy e’tibori «Тa’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ning vazifalaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida so’v xo’jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

         Rector

         Professor Tolibjon S. Khudayberdiev




Hurmatli do'stlar 

Ma’lumki, Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda agrosanoat majmui etakchi tarmoq xisolanadi. Bu tarmoq iqtisodiy rivojlanishini asosini esa mavjud xisoblanadigan erlar saloxiyati va suv resurslaridan samarali foydalanish masalasi tashkil etadi. Bu masalalar respublika iqtisodiyoti rivojlanishining istiqbolini belgilagani uchun xam iqtisodiy isloxatlar takomillashtirilib borilayotgan bir vaqtdsa har qanday amalgam oshirilayotgan tadbirlar o’z iqtisodiy axamiyatga ega bo’lishidir

Ayniqsa, qishloq va suv xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy isloxatlar, ya’ni tarkibiy o’zgarishlar, mulkka, er-suvga bo’lgan munosabatning o’zgarishi soxada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni talab etadi. Bugungi kunda Suv xo’jaligini boshqarish va uning Iqtisodiyot fakultetida Instetut Konseptual Dasturida belgilangan yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot mavzulari belgilab olingan. Shuningdek, fakulteteda kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun

barcha moddiy texnika bazasi mavjud.

 

Dekan

Dotsent Zafar S. Abdullaev



Otabek © 2024Хостинг от uCoz