Yakshanba, 05.05.2024, 18:36
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 2 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining qo‘shma majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining qo‘shma majlisi
00:24
30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining mamlakatimiz Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘ldi.
 
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Prezident Devoni va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” mavzuida ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbari istiqlol yillarida mamlakatimiz, xalqimiz bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘lini batafsil, chuqur tahlil qildi. Kelgusida oldimizda turgan vazifalarni aniq belgilab berdi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Senat a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni, Yozuvchilar uyushmasi raisi A.Oripov, Qonunchilik palatasi deputati Z.Botirova, Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari A.Rustamov o‘tgan 16 yil davomida mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida buyuk ishlar amalga oshirilganini alohida ta’kidladilar.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1695 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Karsen  
0
That's a quick-witted awnser to a difficult question

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz