Yakshanba, 05.05.2024, 12:48
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 10 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
05:45

6 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqishni davom ettirdilar.

“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Tolibov taqdim etdi. Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari ishtirok etgan batafsil muhokamadan so‘ng Qonunchilik palatasi Qonunni qabul qildi.

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari U.Vafoyevning ma’ruzasi bo‘yicha deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar. Savol-javoblar va atroflicha muhokamadan keyin deputatlar qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma’qulladilar hamda uni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri o‘rinbosari, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi A.Shodmonov “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Muhokama chog‘ida deputatlar aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy negizini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Deputatlar muhokama jarayonida kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda qonun loyihasi konsepsiyasini ma’qulladilar va uni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi SH.Abdullayeva taqdim etdi. Muhokama vaqtida deputatlar tomonidan hujjatni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19, 34 va 71-moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi SH.Abdullayeva taqdim etdi. Savol-javoblar va bo‘lib o‘tgan muhokamadan keyin deputatlar qonun loyihasining konsepsiyasini ma’qullab, uni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi F.Komilov “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Savol-javoblardan keyin bo‘lgan muhokamada deputatlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
 
Man'ba - UzA

07.09.2007

Просмотров: 1538 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz