Dushanba, 06.05.2024, 04:40
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 12 » Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari
Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari
04:56

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari: nodavlat notijorat tashkilotlarning ahamiyati va roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etgan ushbu tadbirda siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etdi.Uni mazkur qo‘mita raisi A.Saidov boshqardi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” ma’ruzasida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish bosqichma-bosqich va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Kuchli fuqarolik jamiyatini esa fuqarolik institutlarisiz shakllantirib bo‘lmaydi. Shu bois siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ochiq, kuchli fuqarolik jamiyatini nodavlat notijorat tashkilotlar va aholi turli qatlamlarining manfaatini ifodalaydigan siyosiy partiyalarsiz tasavvur etish qiyin.

Hozir respublikamizda 5000 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning sa’y-harakatlari fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar va yoshlar faolligini, fuqarolik institutlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2005 yilning may oyida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu assotsiatsiya mamlakatimiz aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarni birlashtirmoqda.

Fuqarolik jamiyati institutlari 16 yil davomida o‘zining tadrijiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Mamlakatimizda ularning rivoji uchun zarur huquqiy va tashkiliy asoslar yaratilgani endilikda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asoslari va istiqbollari, nodavlat notijorat tashkilotlarning bu boradagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi.

Anjumanda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1905 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz