Payshanba, 02.05.2024, 10:37
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 21 » Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari ko‘rgazmaci ochildi
Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari ko‘rgazmaci ochildi
04:12

“O‘zekspomarkaz”da 18 sentabr kuni “Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari – InfoComExpo Uzbekistan 2007” sakkizinchi Xalqaro O‘zbekiston ko‘rgazmaci ochildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “ITE Uzbekistan” hamda “I.T.E. Exhibition & Conferences Ltd” (Buyuk Britaniya) xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari ko‘magida tashkil etildi.

Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Cavdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar samarasi o‘laroq, telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari barcha sohalarga jadal kirib borayotganini alohida ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan yurtimizda qulay sarmoyaviy muhit yaratilgani xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, jumladan, tajriba almashish va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasida keng miqyosli loyihalar amalga oshirilmoqda. Sun’iy yo‘ldoshli stansiyalar uchun uskunalar yetkazib berish, yurtimiz telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash shular jumlasidandir. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida yurtimizning barcha shahar va viloyatlarida yangi raqamli ATSlar ishga tushirildi, 6200 kilometr masofaga optik-tolali kabel o‘tkazilib, magistral aloqa tizimlari yaratildi, teleradiostansiyalar modernizatsiya qilindi. Uyali aloqa tizimi va internetdan foydalanuvchilar soni muttasil ko‘paymoqda.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Vengriya, Turkiya kabi davlatlardan qator firma va kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etmoqda.

“InfoComExpo Uzbekistan 2007” ko‘rgazmasi telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Ko‘rgazmada simli va simsiz telekommunikatsiya texnologiyalari, xavfsizlik, bank, teleradio, axborotni himoyalash tizimlari, plastik va elektron kartochkalar hamda o‘quv va axborot markazlari bo‘limlari ishlab turibdi.

Talab va taklifni o‘rganishda, tovar ayirboshlashni rivojlantirishda, qo‘shma korxonalar tashkil etish uchun zarur sharoit yaratishda ushbu ko‘rgazmaning ahamiyati katta. Zotan, mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, mamlakatimizga xorij sarmoyasini keng jalb etish va yurtimiz telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasini yanada taraqqiy ettirishdan iboratdir.
 
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1379 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz