Payshanba, 02.05.2024, 16:43
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 21 » “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”
04:13

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilanganligini inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Joriy yilning dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasi – 2007 yil 23 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 2007 yilning 21 sentabridan boshlanishi e’lon qilinsin.

3. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi axborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasining Axborotnomasi va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan yetkazish ta’minlansin.

4. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov

Toshkent shahri, 2007 yil 18 sentabr
Просмотров: 1324 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz