Dushanba, 06.05.2024, 03:09
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Sentyabr » 27 » InfoCom-2007 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi
InfoCom-2007 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi
02:13
Toshkentda an'anaviy InfoCom-2007 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Tadbirninng asosiy maqsadi – AKT bozorining barcha ishtirokchilari – hukumat, jamoat va xalqaro tashkilotlarning ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan kuchlarini birlashtirish va mamlakatni rivojlantirish vositasi sifatida AKT texnologiyalarini keng joriy etish.

InfoCom-2007 haftaligi doirasida AKT summiti bo’lib o’tadi. Bu yilgi summit o’zining besh yilligini nishonlaydi. Summit ishida Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiya, Gollandiya, Rossiya, Tailand, Ukraina kabi mamlakatlardan 300 dan ortiq delegat qatnashadi.

O’zbekiston milliy telerariokompaniyasi InfoCom-2007 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida AKT sohasida ko’rsatilayotgan keng ko’lamdagi xizmatlar haqida hikoya qiluvchi stendlari bilan ishtirok etmoqda.

Haftalik O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Rivojlanish dasturining "AKT siyosati" loyihasi, O'zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi, O’zAAA ilmiy-texnik va marketing tadqiqolari Markazi, UZINFOCOM markazi, TATU, “Uzbektelekom” AK va “InfoCOM.UZ” jurnali tomonidan tashkil etildi.


Просмотров: 1418 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz