Chorshanba, 01.05.2024, 20:31
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 4 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdagi plenumi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdagi plenumi
06:11

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oliy sud raisi B.Mustafoyev boshqargan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz sud-huquq tizimi chuqur isloh qilingani va erkinlashtirilgani o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar – demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida erishayotgan barcha yutuqlarimiz Konstitutsiyamizda mustahkamlangan asosiy tamoyillarni hayotga to‘liq tatbiq etilayotgani natijasidir.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillaridandir. Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishga qaratilgan murojaatlari yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, bu yo‘nalishda 2000 yilda respublika bo‘yicha 70 mingga yaqin fuqarolik ishlari ko‘rilgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib bu ko‘rsatkich 421 mingtani tashkil qilgan va ularning 96 foizi bo‘yicha da’volar qanoatlantirilgan, fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan huquq va manfaatlari tiklangan. Bu esa sud-huquq tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchi tobora ortayotganidan dalolatdir.

Nizolarni qonuniy hal etishda dalillarga to‘g‘ri baho berish, taraflarning e’tirozlarini asoslaydigan dalil mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash, ulardan zarur dalillarni talab qilish hamda isbotlangan dalillar asosida nizolarni hal qilish sud qarorlarining barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardandir.

Plenumda ta’kidlandiki, fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalari asosan to‘g‘ri tatbiq etilmoqda. Biroq qonunchilikda dalillarni qo‘llashni tartibga soluvchi qoidalar mavjud bo‘lsa-da, ba’zan ushbu masalada tushunmovchiliklar, ayrim xato va kamchiliklar ham uchrab turibdi.

Shu bois yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, sud amaliyotida dalillarga oid qonunchilik normalarini to‘g‘ri talqin qilish va yagona sud amaliyotini amalga oshirish maqsadida “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va plenum muhokamasiga kiritildi.

Mazkur qaror loyihasi olimlar, amaliyotchilar va boshqa davlat idoralariga yuborildi. Ulardan taklif, fikr-mulohazalar olinib, qaror loyihasiga kiritildi.

Majlisda qaror loyihasi atroflicha muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1442 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz