Yakshanba, 28.04.2024, 10:36
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 6 » XDP Markaziy kengashi plenumi
XDP Markaziy kengashi plenumi
23:59

Bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Ko‘ppartiyaviylik sharoitida o‘tkazilayotgan mazkur saylov kampaniyasi mamlakatimizda demokratik jamiyat izchil shakllanib, fuqarolar siyosiy ongi o‘sib borayotganining yaqqol dalilidir. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi shundan kelib chiqqan holda, saylov kampaniyasida faol ishtirok etish zarur va bu kampaniya partiya uchun jiddiy siyosiy sinov bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Toshkentda 3 oktabr kuni O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashining bo‘lib o‘tgan plenumida shu haqda so‘z yuritildi. Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, boshlang‘ich tashkilotlari faollari ishtirok etdi.

Plenumda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Plenumda, shuningdek, 2007 yilning noyabr oyida partiyaning navbatdagi syezdini chaqirish va XDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Asliddin Rustamov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun syezd muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
 
Man'ba - UzA
Просмотров: 1387 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz