Chorshanba, 01.05.2024, 21:50
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 7 » O‘zLiDeP Siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi
00:05

Toshkentda 4 oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Siyosiy kengashi, parlamentdagi fraksiyasi a’zolari, mazkur partiyaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari va faollari ishtirok etdi.

Majlisda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda so‘zga chiqqanlar 2007 yilning 23 dekabrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy voqea ekanini ta’kidladilar.

Ushbu partiya tashkil etilganidan buyon o‘tgan qisqa vaqt mobaynida o‘z dasturiy maqsadlarini hayotga izchil tatbiq eta borib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni demokratik yangilashda harakatlantiruvchi kuch bo‘lgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda fermerlarni birlashtiruvchi, ularning manfaatlarini amalda ifoda etuvchi siyosiy kuchga aylandi.

Partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilar ekan, bunda mamlakatimizda barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, iqtisodiyot, davlat va jamiyat qurilishi, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohalarini yanada erkinlashtirish hamda demokratlashtirish borasida boshlangan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirishda faol qatnashish zaruratidan kelib chiqdi.

Majlisda, shuningdek, 2007 yilning noyabr oyi boshida partiyaning navbatdagi syezdini chaqirish va Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun syezd muhokamasiga qo‘yish haqida qaror qabul qilindi.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1306 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz