Chorshanba, 01.05.2024, 17:15
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 9 » Islom Karimov Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi hamda Kollektiv xavfsizlik kengashi Kollektiv xavfsizlik ke
Islom Karimov Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi hamda Kollektiv xavfsizlik kengashi Kollektiv xavfsizlik ke
06:24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevAzES) Davlatlararo kengashining majlisi hamda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasida ishtirok etdi.

YevrAzESning Dushanbe sammitida O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Bojxona ittifoqini tuzish ishlarini yakuniga yetkazish (hozircha bu ittifoq Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida amal qilmoqda, qolgan davlatlar o‘z qonunchiligini unga moslashtirayotir), hamjamiyatning umumiy energetika bozori va suv-energetika konsorsiumini tuzish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritish, birgalikda energetika bozorini shakllantirish va rivojlantirish, a’zo davlatlarning tranzit salohiyatini to‘la ishga solish, agrosanoat majmuida hamkorlik, yagona moliyaviy bozor va xizmatlar bozorini tuzish, ijtimoiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasidagi muzokaralar yakuniga yetgach, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari xavfsizik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorchilik, ekstremizm, narkobiznes, uyushgan transmilliy jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
 
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1397 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz