Chorshanba, 01.05.2024, 20:22
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 12 » “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”
01:26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. 2007 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 oktabrga kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2007 yil 13 oktabr mamlakatimizda Ramazon bayramining birinchi kuni sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2007 yil 10 oktabr
 
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1360 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz