Payshanba, 02.05.2024, 01:15
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 19 » Aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologiya
Aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologiya
05:52
 

Toshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasini metrologik ta’minlash – aloqa xizmatlari sifatini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri” mavzuida xalqaro ilmiy-texnik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi hamda Moskva aloqa va informatika texnika universiteti tomonidan tashkil etildi.

Seminarda mamlakatimiz va xorijiy ilmiy tashkilotlar, metrologik ta’minot hamda axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar va ishlab chiqaruvchi firmalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad respublikamiz va boshqa mamlakatlarda metrologlar hamda metrologiya xizmatlari mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yangi istiqbolli munosabatlarni o‘rnatish hamda kengaytirishdan iborat.

Yalpi yig‘ilishlarda aloqa va axborotlashtirish sohasida o‘lchash birligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish yo‘llari, sifat menejmenti tizimini joriy etish, mutaxassislarni tayyorlash uchun virtual o‘lchov priborlarini qo‘llash, yangi avlod tarmoqlariga o‘tish sharoitida telekommunikatsiya sohasini metrologik ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘lchov vositalarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Seminarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari A.Xo‘jayev, “O‘zstandart” agentligi bosh metrologi T.Abdullayev, Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi bazaviy metrologiya xizmati boshlig‘i D.Merkulov, Moskva aloqa va informatika texnika universiteti vakili YE.Balovlenkov va boshqalar shu haqida gapirdi.

Ushbu seminar o‘lchovlarning birxilligini ta’minlash tizimini jadal joriy etish, bu boradagi ilg‘or tajribani o‘rganish, o‘zaro foydali ilmiy va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
 
 
Просмотров: 1718 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz