Chorshanba, 01.05.2024, 22:11
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 19 » Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
05:56

17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibini tasdiqladilar.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi SH.Abdullayeva uchinchi o‘qishda muhokamaga kiritilgan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Siyosiy partiyalar barcha fraksiyalarining vakillari qonun loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qildilar. Muhokama chog‘ida kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Qonunni qabul qildi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari R.Sobirjonov “Investitsiyalash sharoitlarini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ma’ruza qildi. Moddama-modda muhokama chog‘ida ushbu hujjatning qabul qilinishi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun muhim ekanligi ta’kidlandi. Qonunchilik palatasi tushgan takliflarni hisobga olgan holda ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar ko‘mitasining a’zosi Z.Ubaydullayev “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2007 yil 14 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Savol-javoblardan keyin bo‘lib o‘tgan qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida deputatlar ushbu hujjat xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Kiritilgan takliflar hisobga olingan holda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasi 23 oktabr kuni davom ettiriladi.
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1280 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz