Payshanba, 02.05.2024, 01:36
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 24 » “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”
23:41
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida: 1. 2007 yilning 16 noyabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar o‘rta hisobda 1,2 baravar oshirilsin. 2. 2007 yilning 16 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: – ish haqi – oyiga 18630 so‘m; – yoshga doir pensiyalar – oyiga 36900 so‘m; – yagona tarif setkasi bo‘yicha boshlang‘ich (nulinchi) razrad – oyiga 18630 so‘m; – bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 36900 so‘m; – zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 22350 so‘m miqdorida belgilansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqiga qo‘shiladigan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2007 yilning 16 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmondan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin. 5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar respublika Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilsin. 6. Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2007 yilning 16 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek, joriy yil boshidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki darajasini pasaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2007 yil 16 noyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2007 yil 23 oktabr
Просмотров: 1342 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz