Payshanba, 02.05.2024, 01:45
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 26 » Sharafli va mas’uliyatli kasb egalari bayrami
Sharafli va mas’uliyatli kasb egalari bayrami
01:59

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ichki ishlar idoralari tizimini isloh qilish borasida keng ko‘lamli, mazmun-mohiyati jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu borada qator farmon va qarorlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz hukumatining 1991 yil 25 oktabrdagi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qayta tashkil etildi.

Bu sana – 25 oktabr – Oliy Majlis palatalari tomonidan qabul qilingan qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida belgilandi.

Poytaxtimizda mustaqil yurtimiz tarixida ilk bor nishonlanayotgan ushbu bayram munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan faol xodimlar, jangovar va xizmat an’analarini asrab-avaylab kelayotgan, huquq-tartibot himoyachilarining yangi avlodini tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.Matlyubov, vazirlik shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari A.Sattorov, vazirlik xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Q.Sultonova, vazirlik birlashgan tahririyati bosh muharriri N.Ochilov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladilar. Bu mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishi, xalqimiz farovonligining yanada oshishi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning mustahkamlanishida muhim omil bo‘layotir.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimi yaratilgan. Zero, ichki ishlar idoralari bo‘linmalari tezkor, zamonaviy talablarga javob beradigan, har tomonlama puxta tayyorlangan mutaxassislardan tashkil topgan tuzilmalardan iboratdir.

Zimmasiga xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilikka tayangan holda, fidokorona mehnat qilishdek mas’uliyatli vazifa yuklanganini chuqur anglagan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat vazifalarini ado etishda mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatmoqda. Bundan xalqimiz haqli ravishda faxrlanadi.

Tadbirda san’at ustalari va ijrochi yoshlarning bayram konserti namoyish etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.Abdullayev ishtirok etdi.
 
 
Man'ba - UzA
Просмотров: 1218 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz