Chorshanba, 01.05.2024, 20:59
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 28 » O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Hayati yig'ilishi
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Hayati yig'ilishi
01:13

2007 yil 25 oktyabrda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Hayatining navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishi bo`lib o`tdi. Hayat yig'ilishini Kompaniya raisi A.Xadjaev olib bordi.

Kun tartibiga kiritilgan asosiy masalalar - O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2007 yil 9 oyligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini baholash va yil oxiriga qadar bajarilishi lozim bo`lgan ustuvor yo`nalishlar xususida hamda «Milliy serial» Kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi» ijrosini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g'risida O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari G'.Ziyaevning axboroti tinglandi.
Hisobot davrida Kompaniya tizimidagi korxona va tashkilotlarda erishilgan yutuqlar bilan birga, faoliyatdagi ayrim kamchiliklar tanqidiy ko`rsatib o`tildi. Muammoli masalalarni hal etish bo`yicha aniq taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
Kun tartibidagi masalalar bo`yicha hududiy teleradiokompaniyalar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Hayat yig'ilishi qatnashchilarining etibori yil oxiriga qadar bajarilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalarga va ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Berilgan axborot va hisobotlar malumot uchun qabul qilingan holda, bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qaror qabul qilindi.


Просмотров: 1322 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz