Shanba, 27.04.2024, 17:15
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Oktyabr » 31 » Mudofaa vazirligida uchrashuv
Mudofaa vazirligida uchrashuv
03:04

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov 29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Ruslan Mirzayev bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlik ikki mamlakat Prezidentlari – Islom Karimov va Vladimir Putin tomonidan 2005 yilda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim amal qilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi aloqalar harbiy mahsulotlar yetkazib berish, harbiy texnikani yangilash, tajriba almashish, birgalikda mashqlar o‘tkazish, koinotni tadqiq etish bo‘yicha davlatlararo dasturlar tuzishga qaratilgan.

Uchrashuvda mudofaa vazirliklarining hamkorligini yanada rivojlantirishga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi. Harbiy sohadagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqboli, yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokara yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2008 yilda ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi.
 
 
Просмотров: 1305 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz