Payshanba, 02.05.2024, 14:16
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 3 » SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi
SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi
05:27

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi rahbari Ven Szyabao, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Viktor Zubkov, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Oqil Oqilov, SHHT Bosh kotibi B.Nurgaliyev va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori M.Subanov ishtirok etmoqda.

Qatnashchilar SHHT Davlat rahbarlari kengashining so‘nggi majlisida hukumatlar oldiga qo‘yilgan vazifalar – tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda, a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishda hamkorlikka doir keng ko‘lamdagi masalalarni ko‘rib chiqmoqdalar. Ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashilmoqda.

SHHT Ishbilarmonlar kengashi bilan Banklararo birlashmasining hamkorligini yanada rivojlantirish, a’zo mamlakatlar ishbilarmon va moliyaviy doiralarini yirik mintaqaviy sarmoyaviy loyihalar ijrosiga kengroq jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashmoqdalar.
 
 
Просмотров: 1265 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz