Payshanba, 02.05.2024, 05:42
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 3 » Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi.
05:32

30 oktabr – 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar o‘tgan haftada moddama-modda ko‘rib chiqila boshlagan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasini davom ettirdilar. Unda barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari ishtirok etdilar.

Qonun loyihasining fond birjasi, qimmatli qog‘ozlar bozorining hisobga olish tizimi, qimmatli qog‘ozlar bozorining axborot ta’minoti to‘g‘risidagi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish to‘g‘risidagi boblariga kiritilgan moddalar muhokama qilindi.

Qonun loyihasining ayrim moddalarini batafsil ko‘rib chiqish chog‘ida deputatlar ulardagi normalarni takomillashtirishga, ushbu moddalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan fikr-mulohazalar va takliflar bildirdilar. Fond birjasi, qimmatli qog‘ozlar depozitariylari tizimi va maqomi, ularning faoliyat ko‘rsatishiga oid tushunchalarni belgilovchi moddalar bo‘yicha ushbu normalarni yanada aniq va izchil bayon etishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining axborot ta’minoti masalalari bo‘yicha mazkur moddalarning mazmuniga konseptual yondashuvni o‘zgartirishga qaratilgan takliflar kiritildi.

Deputatlar qonun loyihasining qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi cheklashlar masalalari va boshqa masalalar bayon etilgan moddalarini ham muhokama qildilar. Ishchi guruhiga deputatlarning muhokama jarayonida bildirgan fikr-mulohazalari bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasining moddama-modda muhokamasi Qonunchilik palatasining 2007 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan keyingi majlisida davom ettiriladi.
 
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1370 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz