Payshanba, 02.05.2024, 08:38
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 6 » XXR Davlat kengashi rahbari Oliy Majlis Senati raisi bilan muzokara o‘tkazdi
XXR Davlat kengashi rahbari Oliy Majlis Senati raisi bilan muzokara o‘tkazdi
03:51

XXR Davlat kengashi rahbari Ven Szyabao O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Ilgizar Sobirov bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida XXR Davlat kengashi rahbarining tashrifi ikkitomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xitoylik mehmon tashrif asnosida parlamentimiz faoliyati bilan yaqindan tanishgani, XXR O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalarini, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda ikkitomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Xitoy oliy qonunchiqaruvchi organlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Xitoy Davlat kengashi rahbarining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi.
 
 
Просмотров: 1355 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz