Payshanba, 02.05.2024, 11:05
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 6 » O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
04:09
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi rahbari Ven Szyabaoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

XXR Davlat kengashi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Shuningdek, Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlik hamda Toshkentdagi Davolash-xirurgiya markazi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar, O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan Xitoy Eksimbanki o‘rtasida anglashuv memorandumi, “O‘zsanoatqurilishbank” bilan Xitoy Eksimbanki o‘rtasida kredit bitimi, Farg‘onada ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash loyihasini amalga oshirish, Farg‘ona, Marg‘ilon va ularga tutash aholi punktlarida suv ta’minotini tubdan yaxshilash, “To‘qimachi-Angren” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish bo‘yicha shartnomalar, Xitoyga 150 ming tonna paxta tolasi yetkazib berish bo‘yicha hadli shartnoma imzolandi.
 
 
Просмотров: 1287 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz