Payshanba, 02.05.2024, 05:30
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 10 » O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyi
23:12

Toshkentda 6 noyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining (O‘zLiDeP) qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya kengashlaridan saylangan delegatlar, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, mazkur partiyadan saylangan mahalliy Kengashlar deputatlari, O‘zLiDeP faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning dasturiy ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada mamlakatimizni rivojlantirish, demokratik jarayonlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

So‘zga chiqqan delegatlar mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berganligini alohida ta’kidladilar. Milliy davlatchilik, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi. Jamiyatimiz hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 23 dekabrida bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea ekani alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zLiDeP o‘zi uchun jiddiy siyosiy maktab vazifasini o‘taydigan ushbu saylovda qatnashishni o‘zining o‘ta muhim vazifasi, deb biladi.

Ushbu partiya o‘z saflarida qariyb 150 ming kishini birlashtirgan, uning Oliy Majlis quyi palatasidagi fraksiyasida mazkur siyosiy partiyadan saylangan 41 nafar deputat faoliyat ko‘rsatadi. Bu O‘zLiDeP iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni demokratik yangilashda yetakchi kuch bo‘lgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda fermerlarni birlashtiruvchi, ularning manfaatlarini ifoda etuvchi jiddiy siyosiy kuchga aylanganidan dalolatdir.

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Islom Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qurultoyda, shuningdek, mazkur siyosiy partiya faoliyatiga doir boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
Просмотров: 1355 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz