Payshanba, 02.05.2024, 14:39
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 14 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
04:28

9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari, respublika tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat budjeti loyihasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi loyihasi konsepsiyasini ko‘rib chiqdilar. Mazkur masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov ma’ruza bilan, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Ahadov qo‘shimcha ma’ruza bilan so‘zga chiqdilar.

Savol-javoblardan keyin bo‘lib o‘tgan mamlakat asosiy moliyaviy hujjati loyihasining batafsil muhokamasi chog‘ida unda barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari so‘zga chiqdilar. Deputatlar 2008 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi barqaror va balansli o‘sish sur’atlarini, iqtisodiyotga tuzilmaviy o‘zgarishlar kiritish va uni modernizatsiyalash, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini texnika va texnologiya jihatidan yangilash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, biznes, chet el investitsiyalarini har tomonlama jalb etish uchun imkon qadar maqbul shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash hisobga olingan holda ishlab chiqilganligini ta’kidladilar. Ayni bir vaqtda fuqarolar daromadlarini izchil rivojlantirib borishni, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarida xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirishni, shuningdek aholining kam ta’minlangan qatlamlari ijtimoiy himoyasini ta’minlashni nazarda tutuvchi davlat xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolingan.

Qonunchilik palatasi muhokama chog‘ida bildirilgan fikrlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat budjetini ma’qulladi va tegishli qaror qabul qildi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilish chog‘ida soliqlar va yig‘imlar sonini kamaytirish, soliq bazalarini va ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish qoidalarini, shuningdek ularni to‘lash tartibini imkon qadar birxillashtirish, soliq imtiyozlarini tartibga solish, soliq solishning aniq, amalda sinovdan o‘tgan va xalqaro normalarga mos keladigan prinsiplarini ishlab chiqish hisobiga mamlakatimizning soliqqa doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish muhim ekanligini ta’kidladilar.

Hujjatning muhokamasi chog‘ida bayon etilgan takliflarni hisobga olgan holda deputatlar yangi Soliq kodeksi loyihasining konsepsiyasini ma’qullab, birinchi o‘qishda qabul qildilar.
 
 
Man'ba - UzA

Просмотров: 1354 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz