Payshanba, 02.05.2024, 07:09
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 17 » Yuksak ehtirom ifodasi
Yuksak ehtirom ifodasi
03:23
‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu yil 18-19 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga yangi sur’at baxsh etdi, hamkorlikni kengaytirish, uning mazmunini yanada boyitish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi. Zero, Ashxobod sammitida O‘zbekiston va Turkmaniston manfaatlariga xizmat qiladigan qator hujjatlar, jumladan, Do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma hamda Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma imzolandi.

Tashrif asnosida Prezident Islom Karimov Ashxoboddagi Ot sporti majmui bilan tanishdi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakatimiz rahbariga axaltekin zotli tulpor sovg‘a qildi. Bu Turkmaniston rahbariyati va xalqining O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga, o‘zbek xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti sport majmuida 14 noyabr kuni O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlari do‘stligining o‘ziga xos ramziga aylangan mazkur ot jamoatchilikka namoyish etildi.

Shu munosabat bilan stadionga O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Ot sporti federatsiyasi, Baynalmilal madaniyat markazi va keng jamoatchilik vakillari, Turkmaniston elchixonasi va Turkman milliy madaniyat markazi rahbarlari tashrif buyurdilar.

Karnay-surnay sadolari ostida ot stadionga olib kirildi.

Turkman xalqi azaldan otga o‘zgacha mehr bilan qaraydi. Buni mamlakat gerbida ot surati aks ettirilgani ham tasdiqlaydi. Turkmanlar eng ulug‘ va eng aziz mehmonga ot sovg‘a qiladi.

O‘zbek xalqi uchun ham ot ana shunday qimmatli qadriyatlardan hisoblanadi. Go‘ro‘g‘li va Alpomish dostonlarida qahramonning doimiy yo‘ldoshi va xaloskori bo‘lgan ot haqida ajoyib tasvirlar bor. G‘irot va Boychibor nomlari barchamizga bolalikdan yod bo‘lib ketgan.

O‘zbek va turkman xalqlari otni do‘stlik, sadoqat, salomatlik va birdamlik ramzi sifatida ardoqlaydi. To‘ylarni, ommaviy sayillarni uloq, poyga, chavandozlar bahslari bilan o‘tkazadi.

O‘zbek va turkman xalqlarining ildizi bir, tarixi mushtarak, ular asrlar davomida bir daryodan suv ichib, qarindoshlik rishtalarini qaror toptirib kelgan. Navoiy asarlari kirib bormagan turkman xonadonini, Maxtumqulini o‘qimagan o‘zbekni topish qiyin.

Turkmaniston Prezidentining o‘zbek xalqiga tuhfasi bo‘lgan Rivoj laqabli mazkur ot xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlikning ramziy ifodasidir.

Tantanali marosimda Prezidentimizning Turkmanistonga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘targani, erishilgan kelishuvlar xalqlarimizning manfaatlariga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Pirmuhamedov, O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev, Respublika ot sporti federatsiyasi rahbarining o‘rinbosari K.Mirxo‘jayev Turkmaniston rahbarining o‘zbek xalqiga tuhfasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikka, hurmat va ishonchga, yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlarning, mustahkam hamkorlik rishtalarining belgisi ekanligini ta’kidladilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov so‘zga chiqdi.
 
 
Man'b
Просмотров: 1289 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 1.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz