Shanba, 23.02.2019, 18:19
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 22 » O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi
04:22

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2007 yil 16 noyabrdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 14, 25-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va saylovchilar tashabbuskor guruhi tomonidan topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Qonunda belgilangan muddatda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, ishchi guruhlari taqdim etilgan hujjatlarning saylov qonunchiligi talablariga mosligi xususida o‘z xulosalarini berdi. Markaziy saylov komissiyasining mazkur majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 14, 25-moddalariga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olindi:

  • O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – Asliddin Ashurbayevich Rustamov, 1962 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari;
  • “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – Diloram Gafurdjanovna Tashmuxamedova, 1962 yilda tug‘ilgan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari;
  • saylovchilar tashabbuskor guruhidan – Akmal Xolmatovich Saidov, 1958 yilda tug‘ilgan, partiyasiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining raisi;
  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – Islom Abdug‘aniyevich Karimov, 1938 yilda tug‘ilgan, partiyasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Ro‘yxatga olingan nomzodlar ilgari siyosiy partiyalar qurultoylari va saylovchilar tashabbuskor guruhi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida shu narsa ta’kidlandiki, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatgan nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur bo‘lgan miqdordagi imzolarini to‘play olmadi va ushbu partiyalar bu haqda Markaziy saylov komissiyasini xabardor qildi. Mazkur axborot inobatga olingani qayd etildi.

19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomov jurnalistlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida muhokama etilgan masalalar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish, ularning ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti boshlanganligi haqida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan, saylovoldi tashviqoti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan boshlanadi. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar, saylovchilar tashabbuskor guruhiga buning uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalaridan teng foydalanish huquqi berildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 5, 14 va 28-moddalariga binoan, Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining saylov kampaniyasi davrida saylovoldi tashviqotini o‘tkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida 2007 yilning 18 sentabrida qaror qabul qilgan edi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” va “Yoshlar” tele hamda radiokanallarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan chiqishlari jadvali, shuningdek, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” va “Pravda Vostoka” respublika gazetalarida nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturlarini chop etish jadvalini tasdiqladi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yoritish, saylovoldi tashviqotini amalga oshirishga doir tadbirlar belgilandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun ularning saylovchilarga o‘z saylovoldi dasturlarining asosiy qoidalarini yetkazish bo‘yicha teng sharoit yaratish maqsadida har hafta radio va televideniyeda teng efir vaqti beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari, saylovchilar bilan uchrashuvlari haqida turkum video va radioroliklar, tele hamda radioeshittirishlarni efirga muntazam uzatish rejalashtirildi. Nomzodlarning iltimoslariga binoan, ularga teng sharoitda istalgan hajmda qo‘shimcha bepul efir vaqti beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatgan har bir siyosiy partiya o‘z matbuot organiga ega ekanligi hisobga olingan holda saylovchilar tashabbuskor guruhi uchun ham teng imkoniyat yaratish maqsadida saylovoldi tashviqoti uchun muassisi nodavlat notijorat tashkilotlar hisoblangan “Jamiyat” gazetasidan foydalanish huquqi berildi.

Brifingda ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqotini amalga oshirish uchun teng sharoitlar tamoyili partiya nashrlari va “Jamiyat” gazetasiga joriy etilmasligi qayd qilindi. Ular o‘zlari zarur deb hisoblagan hajmdagi tegishli materialni chop etish huquqiga egadir.

Brifing ishtirokchilariga, shuningdek, 2000 va 2004 yillardagi saylovlarni o‘tkazish tajribasi hamda tashkil etilgan saylov uchastkalari sonini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tarjimai holi va saylovoldi dasturlari aks etgan tegishli plakat va risolalarning o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilishi haqida ma’lumot berildi.

Brifingda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
 
 
Просмотров: 790 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2019Хостинг от uCoz