Payshanba, 02.05.2024, 06:37
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 27 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
05:09

23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Ahadov uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun deputatlar muhokamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ma’ruza qildi. Bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Qonunchilik palatasi Qonunni qabul qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Ahadov taqdim etdi. Qonun loyihasining moddama-modda muhokamasidan keyin deputatlar tomonidan kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda Qonun qabul qilindi.

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi N.Ismoilov “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun deputatlarga taqdim etdi. Kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Qonunni qabul qildi.

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi M.Abdullayeva uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ma’ruza qildi. Muhokama chog‘ida deputatlar tomonidan qonun loyihasining ayrim normalarini yaxshilashga qaratilgan takliflar bildirildi, shu takliflarni hisobga olgan holda Qonun qabul qilindi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari R.Sobirjonov deputatlar muhokamasiga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Savol-javoblar va bo‘lib o‘tgan muhokamadan keyin Qonun qabul qilindi.
Просмотров: 1270 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz