Payshanba, 02.05.2024, 03:32
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 28 » Yuksak huquqiy madaniyat – jamiyat poydevori
Yuksak huquqiy madaniyat – jamiyat poydevori
04:25

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 15 yilligiga bag‘ishlangan ushbu anjuman Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur qo‘mita raisi N.Ismoilov boshqargan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar, manfaatdor vazirlik va idoralar, tashkilot va muassasalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanda Asosiy qonunimizda inson, uning huquq hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlangani alohida ta’kidlandi. Vatanimizning yanada gullab-yashnashi va islohotlarimizning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqimizning huquqiy madaniyati darajasiga ham bog‘liqdir. Zero, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori bo‘lib, turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi muhim omillardandir.

Aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, tegishli davlat idoralari va jamoat birlashmalari bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik ijobiy natijalar berayotgani ta’kidlandi.

Maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida huquqiy ta’lim va tarbiyani samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tegishli o‘quv dasturlari va uslubiy tavsiyanomalar izchil joriy etilmoqda. Pedagoglar va tarbiyachilarning malakasi oshirilyapti. Bularning barchasi o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni, qonunga hurmat va huquqiy e’tiqodni shakllantirishga xizmat qilayotir.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi o‘rni, yosh avlodni hayotga tayyorlashda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” ning ahamiyati, Konstitutsiyani o‘rganishda huquqiy ta’lim-tarbiya usullari, vositalari va ularni yanada takomillashtirish yo‘llari, o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda oila-mahalla-maktab hamkorligiga doir ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
 
Просмотров: 1575 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz