Payshanba, 02.05.2024, 12:44
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2007 » Noyabr » 28 » Islom Karimovning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi
Islom Karimovning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi
04:26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi yangi pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirni 10-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi R.Ashurov ochdi. Yig‘ilganlar nomzodning dasturi bilan tanishtirildi. Dasturda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan, fermerlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, sarmoyaviy muhitni yanada yaxshilash, soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni keng joriy etish, aholining real daromadlarini yanada oshirish kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.

Uchrashuvda Islom Karimov nutq so‘zladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Milliy davlatchilik, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi. Jamiyatimiz hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotiga asoslangan islohotlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Islom Karimov o‘z nutqida Surxondaryo hududidan buyuk allomalar yetishib chiqqanini, bu yerda mehnatkash, bag‘rikeng insonlar yashashini ta’kidladi. Ushbu voha ulkan tabiiy zaxiralarga boy, eng muhimi, viloyatda bu resurslarni o‘zlashtirishga qodir yuksak malakali mutaxassislar ko‘p. Viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilgani buning yorqin misolidir.

Uchrashuvda Denov tumanidagi “Bahriddin” fermer xo‘jaligi rahbari Bahrom Dilov, Termiz tumanidagi “Do‘stlik” qishloq vrachlik punkti mudirasi Zebuniso Yodgorova, Termiz parrandachilik fabrikasi direktori Xolmamat Normamatov, O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev va boshqalar O‘zbekistonda mustaqillikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladilar. Islom Karimov nomzodini qo‘llab-quvvatlash barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishning muhim kafolati ekanligini alohida qayd etdilar.
 
 
Просмотров: 1221 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz