Yakshanba, 05.05.2024, 07:23
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Aprel » 14 » O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «MTRK SOVRINI» uchun ananaviy ko`rik-tanlov e'lon qilindi
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «MTRK SOVRINI» uchun ananaviy ko`rik-tanlov e'lon qilindi
22:06

Teleradioeshittirish sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor xodimlar o’rtasida 2008 yildan boshlab har yili O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «MTRK SOVRINI» uchun ijodiy ishlar ananaviy ko’rik-tanlovining o’tkazilishi e'lon qilindi

Ko’rik-tanlov O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida mehnat qilayotgan ijodkorlarning ijodiy va professional tajribalarini oshirishni rag'batlantirish, sohadagi ilg'or tajribalarni keng ommalashtirish, ijodiy xodimlarning kasb mahoratlari va bilimlarini oshirishlari uchun sharoit yaratib berish, milliy ananalarni, tarixiy va manaviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o’sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan teleradiodasturlar ishlab chiqarishda mohirlik, professional qobiliyatni oshirish va ijodiy faoliyatni takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.

«MTRK SOVRINI» ko’rik-tanlovi quyidagi asosiy nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

«Eng yaxshi teledastur» 1 ta o’rin;

«Eng yaxshi radiodastur» 1 ta o’rin;

«Eng yaxshi informatsion dastur» 2 ta o’rin;

«Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi teleradiomahsulot» 2 ta o’rin;

«Eng yaxshi milliy serial stsenariysi» 2 ta o’rin;

«Eng yaxshi teleradiorolik» 2 ta o’rin.

Tanlovning g'oliblik va rag'batlantiruvchi mukofotlariga sazovor bo’lgan ijodiy ishlar quyidagicha taqdirlanadi:

G'oliblik uchun – birinchi darajali diplom va O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 25 (yigirma besh) barobari miqdorida pul mukofoti;

Rag'batlantiruvchi o’rin uchun – ikkinchi darajali diplom va va O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 15 (o’n besh) barobari miqdorida pul mukofoti.

«MTRK SOVRINI» uchun 2008 yil ko’rik-tanlovining saralash bosqichi 20 maygacha, yakuniy bosqichi iyun oyining ikkinchi o’n kunligida o’tkaziladi.

Ko’rik- tanlov g'oliblariga mukofotlar 27 iyun – Matbuot va ommaviy-axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
 
 

12.04.2008
Просмотров: 1708 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 1.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz