Yakshanba, 05.05.2024, 04:02
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Aprel » 14 » Zamonaviy rahbar kadrlar tayyorlashda axborot texnologiyalarining o‘rni
Zamonaviy rahbar kadrlar tayyorlashda axborot texnologiyalarining o‘rni
22:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda zamonaviy rahbar kadrlar tayyorlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar vakillari, olimlar, o‘qituvchilar, mazkur akademiya tinglovchilari ishtirok etdi.

Akademiya rektori Q.Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Mo‘minov, Qonunchilik palatasi deputati O.O‘sarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda axborotlashtirishni yanada rivojlantirishga, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha jabhalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

Yurtimizda fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning tezkor axborotga bo‘lgan talab va ehtiyojini tobora to‘liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishini ta’minlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish izchillik bilan davom etmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy ish yuritish va boshqaruv tizimlariga o‘tish, kompyuter texnikasi va texnologiyalaridan yanada samarali foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.

Bugungi tezkor va shiddatli davrda, axborotlar oqimi borgan sayin ortib borayotgan jarayonda xalqimiz, ayniqsa yoshlarni milliy tabiatimizga, mentalitetimizga, qadriyatlarimizga, Vatanimiz milliy manfaatlariga zid bo‘lgan zararli g‘oya va ta’sirlardan himoyalash tobora dolzarblik kasb etayotir. Bu davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinib, yosh avlod hayotining barcha jabhalariga izchillik bilan tatbiq etilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturida ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Anjumanda turli axborot xurujlariga nisbatan yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, ularni hayotga qat’iy e’tiqod va qarashlar ruhida, ma’naviyatimizga yot ta’sir va oqimlarga qarshi tura oladigan, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda rahbar kadrlarning mas’uliyatini oshirish, bu boradagi ularning bilim va mahoratidan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Anjumanda “Zamonaviy axborot texnologiyalarining yoshlar kamolotidagi o‘rni”, “Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishning huquqiy asoslari”, “Rahbar kadrlarni tayyorlashda axborot resurslari va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.
 
 
Man'ba - www.uza.uz
 

12.04.2008

Просмотров: 1621 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz