Yakshanba, 28.04.2024, 00:10
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Aprel » 29 » «Maxsus avtokorxona» davlat unitar korxonasida yillik texnik ko’rik bo’lib o’tdi
«Maxsus avtokorxona» davlat unitar korxonasida yillik texnik ko’rik bo’lib o’tdi
06:33

O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Maxsus avtokorxona» davlat unitar korxonasida 25-26 aprel kunlari transport vositalarining yillik texnik ko’rigi bo’lib o’tdi. Ko’rik Toshkent shaxar yo’l harakati xavfsizligi Boshqarmasining texnik nazorat bo’limi xodimlari tomonidan o’tkazildi. Tadbir natijalariga ko’ra «Maxsus avtokorxona» davlat unitar korxonasi transport vositalarining texnik tayyorgarlik koeffitsienti 93 foizni tashkil etdi. Ko’rik komissiyasi tomonidan avtotransport vositalarining texnik holati yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi.

Takidlab o’tish joizki, avtokorxonada Kompaniya va uning korxona-tashkilotlariga yuqori sifatli avtotransport xizmatini ko’rsatish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so’nggi davrda korxona avtransport parki yangi olingan 3 ta «Neksiya» va 6 ta «Damas» avtomashinalari hisobiga kengaydi; transport vositalarining texnik holatini yaxshilash uchun 50 ta avtoshina, 20 ta akkumulyator, avtotansportning yurish qismi va rul boshqarmalarini sozlash uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlar sotib olindi; avtomashinalarning salonlari va tashqi ko’rinishlari yangilandi hamda davlat raqamlari yangidan bo’yaldi; avtokorxonaning ishlab chiqarish korpusida 1800 kv. m sathga ega maydon betonlanib, avtotransportni tamirlash ishlariga qulayliklar kiritildi.

«Maxsus avtokorxona» davlat unitar korxonasida rejali asosda ko’rilayotgan chora-tadbirlar Kompaniya tizimida teleradiomahsulotni ishlab chiqarish jarayonini puxta yo’lga qo’yilgan avtotransport xizmati bilan taminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratmoqda.


Просмотров: 1722 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz