Dushanba, 29.04.2024, 08:28
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 21 » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida
23:38

21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D.Toshmuhamedova olib bordi.

Deputatlar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibini tasdiqladilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2005-2007 yillardagi ishi to‘g‘risidagi hisobot bilan mazkur Qo‘mita raisi T.Karimov so‘zga chiqdi. Savol-javoblar va muhokamadan keyin deputatlar Qo‘mitaning hisobot davridagi faoliyatini umuman maqulladilar.

Shu bilan birga ta’kidlandiki, Qo‘mitaning ishi parlament faoliyatining hozirgi bosqichdagi o‘sib borayotgan talablariga to‘liq javob beradi, deb bo‘lmaydi. Qo‘mita qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar borishini ta’minlovchi qonunlarni takomillashtirish borasida qonunchilik tashabbusi subyektlari bilan ishlashda zarur qat’iyat ko‘rsatmadi.

Qonunchilik palatasi Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zolariga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarga juda qisqa muddatlarda barham berishni topshirib, tegishli qaror qabul qildi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi S.Mahmudov deputatlarning ko‘rib chiqishi uchun uchinchi o‘qishda kiritilgan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi.

Ushbu hujjatni ko‘rib chiqish chog‘ida deputatlar aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda Qonunni qabul qildilar. Qonun ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.

“Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari B.Yoqubov ma’ruza qildi. Qonun loyihasini ko‘rib chiqish vaqtida deputatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi jamiyatda qonun ustuvorligini, mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatida qonuniylik va adolatni ta’minlash imkonini berishini ta’kidladilar. Qonunchilik palatasi kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda Qonunni qabul qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi to‘g‘risida Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi F.Komilov axborot berdi. Deputatlar muhokama chog‘ida kiritilgan taklif va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma’qullab, uni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Majlisda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi O.Oxunovaning ma’ruzasi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bo‘lib o‘tgan muhokamadan keyin Qonunchilik palatasi qonun loyihasining konsepsiyasini ma’qullab, uni birinchi o‘qishda qabul qildi.

Deputatlar A.Abdunazarovni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod qilib, uni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib sayladilar.
 
manba: uza.uz
Просмотров: 1312 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz