Dushanba, 29.04.2024, 01:28
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 21 » "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"
"Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"
23:40

"Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"

21.05.2008 22:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

  • umumiy sug‘urta sohasida – 750 ming yevroga ekvivalent summada;
  • hayotni sug‘urta qilish sohasida – 1000 ming yevroga ekvivalent summada;
  • majburiy sug‘urta bo‘yicha – 1500 ming yevroga ekvivalent summada;
  • faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha – 4000 ming yevroga ekvivalent summada.

Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2010 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorlarini yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur qarorning 1-bandi talablariga javob bermaydigan sug‘urtalovchilarning litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha choralar ko‘rsin.

3. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:

  • sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi;
  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi);
  • sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to‘lov qobiliyati normativlarini sug‘urtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi miqdorigacha jarima belgilangan tartibda solinadi va jarima summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.

4. 2008 yilning 1 iyunidan boshlab uch yil muddatga:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalovchilar aksiyalari bo‘yicha dividendlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin;
  • sug‘urtalovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin va soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.

5.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

  • mazkur qaror bilan berilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida Nizom;
  • O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan birgalikda sug‘urtalovchilarga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari to‘g‘risida Nizom.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

  • Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
  • vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2008 yil 21 may

Просмотров: 1460 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz