Yakshanba, 05.05.2024, 20:43
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 26 » Malaka oshirishning zamonaviy usullari
Malaka oshirishning zamonaviy usullari
16:18
O‘zA, Nazokat Usmonova, 26.05.2008 15:06 O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida malaka oshirish sifati va samaradorligini yuksaltirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur institut rektori J.Yo’ldoshev Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilayotgan 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ta’lim sifatini yuksaltirish, Vatanimiz taqdiri, buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Dasturda maktablarni tubdan ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirish, pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini yuksaltirish alohida yo’nalish sifatida belgilangan. Hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturida ham ushbu masalaga alohida ahamiyat qaratilgan. Maktablarda 454 ming nafardan ziyod pedagog kadr faoliyat olib bormoqda. Ularni qayta tayyorlash, o’zaro fikr va tajriba almashishi, ilg’or tajribani o’rganishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Malaka oshirish institutlari faoliyatini takomillashtirish, ulardagi o’quv sifati va samaradorligini yuksaltirish, masofadan malaka oshirishni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda mazkur institutlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malaka oshirish jarayoniga yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim dargohlari, “Iste’dod” jamg’armasi, bir qator ma’naviy-ma’rifiy muassasalarni keng jalb etish doimiy diqqat-e’tiborda. Konferensiyada mazkur tizimning sifat va samaradorligini yuksaltirishning dolzarb masalalari, axborot-resurs markazlarida malaka oshirishni ta’minlovchi zamonaviy texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Просмотров: 1457 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz