Yakshanba, 05.05.2024, 21:42
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 26 » Nurli istiqbol ostonasida
Nurli istiqbol ostonasida
16:21
O‘zA, Nazokat Usmonova, 26.05.2008 16:38 24 may kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda 2007-2008 o‘quv yili uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. U g‘amxo‘r va mehribon ustozlar, farzandi kamolotini ko‘rish istagidagi ota-onalar, bitiruvchilar uchun unutilmas, hayajonli kun bo‘ldi. Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 169-umumta’lim maktabi ham o‘quvchilar, pedagoglar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan gavjum bo‘ldi. Bayramona bezatilgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni bugungi va ertangi hayotimizning hal etuvchi kuchiga aylantirish, ularning jamiyatimizda munosib va mustahkam o‘rin olishi borasida barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilangani ta’kidlandi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi bu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Maktab o‘tgan yili “Mehr nuri” jamoat fondi tomonidan kapital rekonstruksiya qilindi. Bir ming uch yuz nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim oladigan va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladigan ushbu bilim dargohi 2007 yili “Yilning eng yaxshi maktabi” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani bejiz emas. Bu yerda zamonaviy Axborot-resurs markazi, kompyuter sinfi, barcha fanlarga ixtisoslashgan o‘quv xonalari, sport zali, tennis korti, minifutbol, basketbol maydonlari o‘quvchilar ixtiyorida. “Maktab-oila-mahalla” konsepsiyasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonga keng tatbiq etilayotgani o‘g‘il-qizlarning vaqtini samarali va mazmunli tashkil etish imkonini bermoqda. Davraga bitiruvchilar taklif etiladi. Ular – 143 nafar. 9-sinfni tugallagan ushbu yigit-qizlarning navbatdagi bosqich – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan to‘liq qamrab olinishi, o‘z qiziqishi, intilishi, salohiyati bo‘yicha kasb tanlashiga alohida e’tibor qaratildi. – Bugun hayotimizdagi juda quvonchli kun, – deydi 9-sinf bitiruvchisi Najmiddin Hasanov. – Maktabda olgan barcha bilimlarimizni Vatanimizning gullab-yashnashi, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida sarflaymiz. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Oydin orzulari bilan yashayotgan yoshlar qalbi hayajon, faxr, ertangi kun uchun umid va ishonchga to‘la. So‘nggi yangiliklar:
Просмотров: 1678 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz