Yakshanba, 05.05.2024, 17:21
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 26 » Fizika ta’limi taraqqiyoti va istiqbollari
Fizika ta’limi taraqqiyoti va istiqbollari
16:22
O‘zA, A.Muhammadiyev, 26.05.2008 16:37 Har bir o‘quvchining qobiliyat va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularni mustaqil hayotga, kasb tanlash va mehnat faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirish umumiy-o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oldidagi asosiy vazifalardandir. Bu o‘rinda fizika, matematika, kimyo, biologiya va boshqa bir qator aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish shakli va mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning chuqur bilimga ega bo‘lishi uchun o‘qitish uslublarini yanada rivojlantirish zarur. Bu vazifa o‘z navbatida umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan, dunyoqarashi yuksak, madaniyatli, har bir texnologik jarayonlarni chuqur tahlil eta oladigan kadrlarni tarbiyalashni talab etadi. Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Fizika ta’limi taraqqiyoti va istiqbollari” mavzuidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasida shu haqda so‘z yuritildi. Unda respublikamizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy seminarda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida fizika fanini o‘qitish muammolari, bunda zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari muhokama etildi. Seminarda Qarshi, Buxoro, Samarqand, Termiz va Namangan davlat universitetlari, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti yetakchi professor-o‘qituvchilarining mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.
Просмотров: 1674 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz