Yakshanba, 05.05.2024, 20:25
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 26 » Har bir farzandga – mehr, e’tibor
Har bir farzandga – mehr, e’tibor
16:23
O‘zA, Nazokat Usmonova, 26.05.2008 16:35 Toshkentda “Har bir farzandga – mehr, e’tibor!” mavzuidagi yoshlar forumi ish boshladi. Tadbir “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati, YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Forumda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga bag‘ishlab maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari ishtirok etmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri G‘.Shoumarov, poytaxtimizdagi 50-maktab direktori S.Gerasimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishdek ezgu maqsadga xizmat qilayotganini ta’kidladilar. 2008 yilning “Yoshlar yili” deb e’lon qilinishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi keng ko‘lamli va murakkab vazifalarni ado etishga qodir avlodni tarbiyalash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamining tobora kengayishida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Izchillik bilan amalga oshirilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturi yoshlarga oid barcha masalalarni o‘z vaqtida hal etish, navqiron avlod manfaatlarini har tomonlama himoyalash, bu boradagi mavjud qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, ta’lim tizimining sifatini yuksaltirish va takomillashtirishda alohida ahamiyatga ega. Dasturga muvofiq yoshlarga oid amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, yosh avlodni hayotga qat’iy qarashlar va e’tiqod ruhida tarbiyalash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ikki kun davom etadigan forumda ishtirokchilar yoshlarga oid davlat siyosati, bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, yosh avlod kamoloti va istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborga oid ishlar ko‘lami, mazmun-mohiyati, ahamiyati bilan atroflicha tanishadilar. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S.Inomova va R.Qosimov so‘zga chiqdi.
Просмотров: 1597 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz