Payshanba, 02.05.2024, 17:45
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 27 » “Umid” – yoshlar festivali
“Umid” – yoshlar festivali
06:05

O‘zA, Yorqul Umar, 26.05.2008 19:20

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sanoat korxonalarida 50 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Kombinat ma’muriyati nafaqat ishchi-muhandislar, balki ularning farzandlari mazmunli dam olishi uchun ham zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda.

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan “Umid” yoshlar festivalida Navoiy davlat konchilik instituti, Navoiy, Zarafshon hamda Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejlari talaba-yoshlari qatnashdi. Unda ishtirokchilar milliy qo‘shiqchilik va estrada, xoreografiya, vokal va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

G‘oliblarga festival tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Просмотров: 1322 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz