Juma, 03.05.2024, 03:10
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 27 » Iste’dodlar saralandi
Iste’dodlar saralandi
06:06

O‘zA, Toshqul Beknazarov, 26.05.2008 20:24

Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida “Nihol-2008” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur an’anaviy tanlov Yoshlar yilida yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 300 dan ziyod yigit-qiz ishtirok etib, ulardan 32 nafari viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Bu gal ishtirokchilarning ijrochilik mahorati, libos tanlash, sahna madaniyati ancha yuksalgani namoyon bo‘ldi, – deydi Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasining madaniy-ma’rifiy ishlar va xalq ijodiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari Sodiq Lutfullayev. – Ayniqsa, Jizzax, G‘allaorol, Do‘stlik, Arnasoy, Forish, Baxmal, Mirzacho‘l tumanlari yoshlari o‘z mahoratlari bilan tomoshabinlarning ham, hay’at a’zolarining ham e’tiborini qozondi.

Mumtoz qo‘shiqchilik yo‘nalishida Jizzax tumani vakillari – Feruza Boymanova, Berkin Qo‘nishev, Fotima Iskandarova, raqs bo‘yicha g‘allaorollik Maftuna Norboyeva, estradada arnasoylik Asliddin Xo‘jaqulov, forishlik Dilorom Sirojiddinova, baxmallik Mukaramma Xoliqova, musiqa ijrochiligida Jizzax shahridan Husan Uzoqov, Vahob Qurbonov, opera yo‘nalishida Ma’ruf Mamadaliyev, Nurali Shukurillayev g‘olib chiqib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Просмотров: 1429 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz