Juma, 03.05.2024, 02:01
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » May » 27 » Yoshlik va nafosat bayrami
Yoshlik va nafosat bayrami
06:07

O‘zA, G‘.Hasanov, 26.05.2008 20:25

Samarqand shahrida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yigit-qizlar ishtirokida “Talabalar bahori-2008” yoshlar festivali boshlandi.

Yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Yoshlar yilida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

“Talabalar bahori-2008” yoshlar festivalidan ko‘zlangan maqsad ham navqiron avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dodini namoyon etishi va tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashishi uchun yanada kengroq imkon yaratishdan iboratdir.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda 200 dan ziyod talaba ishtirok etmoqda.

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida ishtirokchilarning samarqandlik tengdoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

– “Yoshlar yili” Davlat dasturiga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalni yuqori saviyada o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev. – Festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar san’at, madaniyat, ilm-fan, sport sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan. “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarning roli”, “Globallashuv jarayonida yoshlar ishtiroki” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda esa yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglanadi.

Festival doirasida “Sport – tinchlik va do‘stlik elchisi» shiori ostida marafon, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi.

– Yoshlar ishtirokidagi ko‘plab tanlov va sport musobaqalarida qatnashganman, lekin talabalar festivalining zavqu shukuhi o‘zgacha ekan, – deydi Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Qobil G‘oyipov. – Tengdoshlarimiz bilan o‘zaro fikr almashish, ularning yangi g‘oya va tashabbuslari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.

Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida “Talabalar bahori-2008” yoshlar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jajji bolajonlarning raqslari, sportchi-yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari, yoshlik, Vatanga muhabbat tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Festivalning ochilishi marosimida Samarqand viloyati hokimi O‘.Barnoyev ishtirok etdi.

Просмотров: 1750 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz