Yakshanba, 28.04.2024, 03:52
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 6 » Kuchlar teng keldi
Kuchlar teng keldi
04:44

Kuchlar teng keldi

Yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo chempionatining “D” guruhidagi ikkinchi tur uchrashuvida O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Maydonda ustunlik qilgan futbolchilarimiz hisobni o‘ttiz sakkizinchi daqiqada ochdi. Bu vaziyatda o‘z mahoratini namoyish qilgan jamoamiz sardori Sherzod Karimov avstraliyaliklar posboni Endryu Redmaynni ojiz qoldirdi – 1:0.

Hamyurtlarimiz uchrashuvning elliginchi daqiqasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Raqib futbolchisi Taj Maynnikon vaziyatdan unumli foydalanib, Doniyor Usmonov darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va har ikki jamoa chorak finalga chiqish uchun asosiy da’vogarligicha qoldi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Tailand yoshlar terma jamoasi vakillari iordaniyalik tengqurlarini 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Hal qiluvchi ― uchinchi tur bellashuvida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tailandlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsda futbolchilarimizni durang natija ham qoniqtiradi.
Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 1428 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz