Yakshanba, 05.05.2024, 19:25
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 7 » O‘zbekiston – chorak finalda
O‘zbekiston – chorak finalda
09:05

O‘zbekiston – chorak finalda

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 06.11.2008 12:48

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bellashuvlarini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak finalga yo‘llanma oldi.

Dastlabki ikki uchrashuvda Iordaniyani 1:0 hisobida yengib, avstraliyaliklar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Ahmad Ubaydullayev shogirdlari “D” guruhining so‘nggi bellashuvida Tailand yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi.

Ushbu bahsda raqib jamoani faqat g‘alaba qoniqtirishi bois tailandliklar dastlabki daqiqalardan hujumga zo‘r berdi. Biroq o‘zbekistonlik futbolchilar qisqa fursat ichida tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va keskin hujumga o‘tdi. O‘ttiz beshinchi daqiqada ana shunday hujumlardan biri samara berdi. Jamoa sardori Sherzod Karimov va Islom To‘xtaxo‘jayev ishtirokidagi kombinatsiyani Fozil Musayev aniq zarbasi bilan yakunladi – 1:0.

O‘yinning ikkinchi yarmida vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan tailandlik futbolchilarning barcha urinishlari samarasiz tugadi.

“D” guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Avstraliya yoshlar terma jamoasi Milosh Luyich va Sebastyan Rayall tomonidan kiritilgan gollar evaziga Iordaniya ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Arablarning yagona javob to‘pini Zoid Xalil kiritdi.

Guruh bahslari yakuniga ko‘ra, yettitadan ochko jamg‘argan Avstraliya va O‘zbekiston musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi. Sakkizinchi noyabr kuni o‘tkaziladigan chorak final bahsida A.Ubaydullayev shogirdlari Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi to‘p suradi.

Qolgan juftliklar quyidagicha: Avstraliya – Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Saudiya Arabistoni – Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya – Janubiy Koreya.

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda muvaffaqiyat qozongan to‘rtta jamoa kelasi yili Misrda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Osiyo qit’asi sharafini himoya qiladi.

Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 1466 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz